avatar
Куч
80.93
Рейтинг
+29.81

Мақолалар

Harbiylar bilan “Bilimlar sinovi” intellektual turniri

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
 
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti kichik majlislar zalida Shimoliy-G'arbiy harbiy okrugi harbiylari va institut “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang'ich tashkiloti yonida tashkil qilingan “Ziyoli yoshlar” intellektual klubi a`zolari o`rtasida “Bilimler sınag'i” intellektual turniri tashkil qilindi. Intellektual o`yinda Shimoliy-G'arbiy harbiy okrugi 533-sonli safarbarlik chaqiruv rezervining “Mardlar”, 21131-sonli harbiy qismdan “Qalqon”, institutning “Ziyoli yoshlar” intellektual klubi a`zolaridan tashkil topgan “Femida” va “Kerder” jamoalari ishtirok etishdi. Do`stona ruhda bo`lib o`tgan mazkur turnirda qatnashuvchi jamoalarga tayyorlangan savollardan tashqari har bir jamoa o`zlari tuzib kelgan savollari bilan jamoalarning bilim darajasini sinovdan o`tkazishdi.

Mehnat qilsang ilm yo`lida…

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
                 Mehnat qilsang ilm yo`lida…

Institutning ilm-ma`rifatga chanqoq talaba-qizlari orasida  “Mehnat qilsang ilm yo`lida, kelajakning kaliti qo`lingda!” shiori ostida mazkur yilning 22-dekabr kuni “Ilmli qizlar bellashganda” nomli tanlov bo`lib o`tdi. Ushbu tanlovni institut rektori B.B.Prenov ochib berdi va bizning mamlakatimizda xotin-qizlarga berilayotgan kuchli e`tabor va ayollarning o`rni, qadr-qimmati haqida fikrlar bildirdi. Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahar  “Xotin-qizlar” komiteti boshlig`i, H.Omarova, ma`naviyat-ma`rifat ishlari bo`yicha prorektor, Q.Qodirov, institut “Xotin-qizlar” komiteti boshlang`ich tashkiloti  boshlig`i, L.Ibragimova lar so`zga chiqib, bugungi kun qizlarini har tomonlama tezkorlik va chaqqqonlikka chorladilar.  

Talaba-qizlarning “Kamolot” oltin to`pi”

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
Talaba-qizlarning “Kamolot” oltin to`pi”

Mazkur yilning 2-dekabr kuni  8-dekabr O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yillik bayram shodiyonasi munosabati bilan  “Kamolot”  yoshlar ijtimoiy harakati boshlang`ich tashkiloti tomonidan institut talaba-qizlari orasida  sportning voleybol turi bo`yicha “Kamolot” oltin to`pi” nomli musobaqa bo`lib o`tdi. Bu musobaqada barcha fakultetning eng kuchli talaba-qizlari qatnashdilar va Qoraqalpoq tili va adabiyoti fakulteti talaba-qizlari 3-o`rinni, Fizika-matematika fakulteti talaba-qizlari 2-o`rinni, Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim fakulteti talaba-qizlari faxrli 1-o`rinni egalladilar.

Biz sog`ingan qadrli insonlar

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
                 Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti majlislar  zalida asosan katta yoshdagi kishilardan iborat bo`lgan respublikadagi qo`shiqchilar, kompozitorlar va madaniyat xodimlarining konsert dasturlarini uyushtirishmaqsadida 2015-yil 3-dekabr  kuni Pedagogika fakulteti, “Musiqiy ta`lim”kafedrasi tomonidan “Biz sog`ingan qadrli insonlar”mavzusidagi uchrashuv kechasi tashkil qilindi.

Institut talaba-yoshlari bilan uchrashuv…

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
   
Yoshlar mamlakatning eng yetakchi, ilg`or va talabchan bo`g`inidir. Shunday ekan biz, yoshlar, o`qishdan, izlanishdan yurtimiz rivoji uchun oz bo`lsa-da o`z hissamizni qo`shishdan, aslo charchamasligimiz lozim. Qaysi soha vakillari bo`lishidan qat`iy nazar ular uchun hamisha yoshlarning, kelajak egalarining fikrlari muhim ahamiyat kasb qiladi. Negaki, jamiyatning asosiy bo`g`inini yoshlar tashkil qiladi.

Qoraqalpog`istonning yoshlari bilan qaynoq suhbat…

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
           Mazkur yilning 14- dekabr kuni “Turkiston” gazetasi bo`lim muharriri, Nargiza Umarova va “Молодёжь Узбекистана” gazetasi muhbiri, Nargiza Ismanovalar bilan “Yoshlar nashrlari kunlari” mavzusida Qoraqalpog`iston Respublikasidagi barcha Oliy ta`lim muassasalari talaba-yoshlari ishtirokida  davra suhbati bo`lib o`tdi. Suhbat juda qiziqarli va erkin tarzda bo`lib o`tdi. Yoshlar o`zlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar va ushbu gazetalarga o`zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.

“Ozoda qizlar” oilaning naqshidir!

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
         26-noyabr kuni “Keksalarnie`zozlash yili” davlat dasturi bajarilishini ta`minlash maqsadida institutda “Keksalarni e`zozlash buyuk qadriyat” shiori ostida “Ozoda qizlar” tanlovi bo`lib o`tdi.
Tanlovni institut rektori B.Prenov ochdi va olib bordi. Shundan so`ng  Qoraqalpog`iston Respublikasi  Nukus shahar  “Xotin-qizlar qo`mitasi” boshlig`i H.Omarova, institut“Xotin-qizlar qo`mitasi” boshlang`ich tashkiloti yetakchisi L.Ibragimovalar so`zga chiqdilar va tanlovga qatnashayotgan barcha qizlarga muvaffaqiyat tiladilar. “Salomnoma”, Sahna ko`rinish “Qarisi bor uyning, parisi bor”, “erkin mavzu” shartlari bo`yicha o`zaro bellashdilar.

O'zingni, o'zligingni anglagil!

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
 Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti talabalari orasida 1-dekabr kuni  Butunjahon OITS  kasalligiga qarshi kurash kuni munosabati bilan plakatlar tanlovi bo`lib o`tdi.  Bu tanlovda juda ko`plab plakatlar bo`lganligi sabab kim g`olib-u kim mag`lubligini aniqlash juda qiyin kechdi. Musobaqa so`ngida g`oliblar e`lon qilindi.

“Ertangi kun bizniki, marra bizniki!”

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
                 Mazkur yilning  18-noyabr kuni O`zbek tili kafedrasi“Yosh notiqlar” to`garagi  rejasi asosida talaba-yoshlarning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish maqsadida“O`zbekiston kelajagi yoshlar qo`lida” mavzusida O`zbekiston Respublikasi davlat bayrog`ining24 yillik bayram shodiyonasi va17-noyabr Xalqaro talabalar kuni munosabati  bilan“Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi bo`lib o`tdi.  

Savob ishni har kim, har kuni qilish kerak!

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
 
 
     Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Kasaba uyushmasi tomonidan 3-dekabr kuni  “Xalqaro nogironlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish kuni” munosabati bilan institutda tahsil olayotgan jismoniy imkoniyati cheklangan talaba-yoshlarga  oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi topshirildi.

“Konstitutsiya- baxtimiz poydevori!”

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
 

Qadim qadimdan har bir xalqning, millatning belgisi, davlat ramzlari bo`lgan. Mamlakatni odilona boshqarib, xalqni har tomonlama himoya qilishda Konstitutsiyaning o`rni va ahamiyati katta. Mazkur yilning 2-dekabr kuni  8-dekabr O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yillik bayram shodiyonasi munosabati bilan institut talabalari orasida  plakatlar va insholar tanlov bo`lib o`tdi.

Konstitutsiya mamlakatning ustunidir!

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан

Qadim qadimdan har bir xalqning, millatning belgisi, davlat ramzlari bo`lgan. Mamlakatni odilona boshqarib, xalqni har tomonlama himoya qilishda Konstitutsiyaning o`rni va ahamiyati katta. Mazkur yilning 9-10-dekabr kunlari  8-dekabr O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yillik bayram shodiyonasi munosabati bilan institut talabalari orasida “Siz Konstitutsiyani bilasizmi?” shiori ostida ko`rik-tanlov bo`lib o`tdi. Tanlovda 9 ta fakultetdan 9 ta komanda qatnashdi.

Ko`zlaridan nur porlagan yoshlar!

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
               Ko`zlaridan nur porlagan yoshlar!
 
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson manfaatlari prinsiplariga asoslangan bo`lib, xalqimizni har tomonlama muhofaza qilishga qaratilgan. Institutimizda milliy bayramlarimiz munosabati bilan mehrga muxtoj insonlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, ularni bayram bilan tabriklash an`anaga aylangan.

“Eng yaxshi ma`naviyat bilimdoni” aniqlandi!

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
       Eng yaxshi ma`naviyat bilimdoni” aniqlandi!
     Mamlakatimizda har bir sohaga alohida e`tibor qaratilgan. Ayniqsa, ta`lim sohasida keng imkoniyatlar yaratilgan. Yoshlar qalbida “g`oyaga qarshi g`oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma`rifat bilan kurashish ” kabi ongni shakllantirish maqsadida turli xil tanlov va tadbirlar, ulug` ma`rifatparvar insonlar bilan uchrashuvlar o`tkazilmoqda.